uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ishchi guruh tomonidan TTJda va ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o'rganildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali  ishchi guruhi tomonidan  Talabalar turar joyida hamda filial talabalari yashab turgan ijara xonadonlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi tashriflar amalga oshirildi. Tashriflar davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik talablari va sog‘lom muhit, maishiy qulayliklar, ijara joyidagi sharoitning talabaning o‘qish jarayoniga ta’siri kabi omillar batafsil ko‘rib chiqildi.
Shuningdek is gazidan zaharlanishning oldini olish, yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar, elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanishning zararli oqibatlari boʻyicha har biri talaba bilan alohida suhbatlashib, kerakli tavsiyalar berildi. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi
Bunday oʻrganishlar talabalarning o‘qishdan tashqari hayoti uchun ham qulay va xavfsiz sharoit yaratishga, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni yechishda ko‘mak berishga xizmat qiladi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

DIQQAT, HURMATLI TALABGORLAR VA FUQAROLAR!
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali vakillari Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabida tadbir o‘tkazishdi
Filial xodimlari tomonidan Tuproqqal'a tumanidagi maktablarda o'quvchilarning bo'sh vaqtlari mazmuni tashkil qilinmoqda
FILIAL DIREKTORI YANGI O'QUV BINOSINING QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Videolavhalar