Bugun, 12-fevral kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida filial direktori M.Kuchkarov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida Madaniyat vazirligi tomonidan Andijon viloyatida boʻlib oʻtgan navbatdagi Hay’at yigʻilishi hamda unda koʻtarilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mazkur yigʻilishda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ustuvor vazifalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, filial direktori tomonidan Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Q.O‘razmetovaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga sadoqati uchun” berilgan tashakkurnoma tantanali ravishda topshirildi.

Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
