uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Axborot iste’moli madaniyatiga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi

Kuni kecha, 27-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida yoshlar o‘rtasida axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish hamda internet tarmog‘idagi diniy mazmundagi materiallardan faqat rasmiy va ishonchli manbalar orqali foydalanish zarurligini targ‘ib etish maqsadida talabalar bilan suhbat tashkil qilindi.
Uchrashuvda direktorning birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Ollaberganova hamda filial matbuot kotibi Sh.Sapayeva ishtirok etib, talabalarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdilar.
Tadbir davomida yoshlarning internetdan foydalanish madaniyati, axborotning haqiqiyligi va manbalar ishonchliligi, shuningdek, diniy mazmundagi noaniq ma’lumotlarga ishonmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.
Talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda xavfsizlik va isitish tizimi o‘rganildi

Videolavhalar