uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Talabalar yashash xonadonlarida profilaktika ishlari olib borildi

Kuni kecha, 24-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktorining birinchi o‘rinbosari Atabek Saparbayev hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Izzat Madaminov bilan  birgalikda filialda ta’lim olib, ijarada yashayotgan talabalarning istiqomat qilayotgan xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida quyidagi manzillarda bo‘lib, isitish tizimlari, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish holati, umumiy yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi, zarur tushuntirishlar berildi:•  Gulchilar MFY, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 23A-uy, 22-xonadonda ijarada yashovchi — filial talabalari: O.Boboxonova, M.Yo‘ldosheva, Z.Ochilova, S.Qarshiboyeva bilan profilaktika ishlari olib borildi.
•  Gulchilar MFY, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 60A-uy, 10-xonadonda ijarada  yashovchi  — filial talabalari: K.Kamolova, A.Yesnazarova bilan suhbat o‘tkazildi.
•  Saxovat MFY, Al-Beruniy ko‘chasi 151-uyda ijarada  yashovchi —  filial talabalari: B.Yusupov, R.Jamolov bilan profilaktika ishlari o‘tkazildi.
•  Tozabog‘ MFY, Gurlan ko‘chasi 7-uy, 29-xonadonda ijarada yashovchi — filial talabasi M.Gapparov bilan uchrashildi.
•  Jaloliddin Manguberdi MFY, Gurlan ko‘chasi 45-uy, 38-xonadonda ijarada yashovchi — filial talabasi I.Berdishukurov bilan profilaktika suhbatlari olib borildi.
Har bir xonadonda isitish tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish, ventilyatsiya holati, elektr jihozlarining xavfsizligi, yong‘in va gazdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Ushbu profilaktika tadbirlari talabalarning hayoti va salomatligini himoya qilish, ularning yashash sharoitlarini yanada xavfsizlashtirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar