uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Lazgi san’atining xalqaro maydondagi muvaffaqiyati

14–17-noyabr kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan “Lazgi va hind raqslari” xalqaro festivali doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professori Gavhar Matyoqubova munosib ishtirok etib, o‘zining mahorati va san’atga bo‘lgan yuksak e’tibori bilan festival ishtirokchilari qalbidan joy oldi. Ushbu nufuzli tadbirda professor Matyoqubova maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanib, Vatanga faxr bilan qaytdi.
Bugun professor G.Matyoqubova filial talabalari bilan davra suhbati o‘tkazib, Hindistonda o‘tgan festivaldagi taassurotlari, xorijiy raqs maktablari bilan tajriba almashinuvi hamda xalqaro sahnadagi san’at madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv jarayonida talabalarda raqs san’atiga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi, ularda xalqaro maydonda munosib ishtirok etish istagi mustahkamlandi.
Mazkur suhbatda fakultet dekani M.Amanbayeva ham ishtirok etib, professorning faoliyatini yuqori baholadi va talabalar uchun bunday uchrashuvlarning ahamiyatini ta’kidladi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar