uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv…

Bugun, 18-noyabr sanasida  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda taniqli yozuvchi Mengnor Ollomurodov va shoir O‘ktam Davletov ishtirok etib, filial talabalari hamda Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari bilan samimiy suhbat olib bordilar.

Tadbir davomida ijodkorlar talaba-yoshlar bilan suhbat olib borib, ijodning ahamiyati, kitobxonlik madaniyatining yoshlar hayotidagi o‘rni, ijod jarayonidagi qiziqarli jihatlar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv savol-javoblarga boy, samimiy ruhda o‘tdi.

Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijodiy  uchrashuvdan so‘ng yozuvchi Mengnor Ollomurodov, filial direktorining birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev boshchiligida filialda tashkil etilgan Lazgi muzeyi faoliyati va undagi qimmatli eksponatlar bilan tanishdi.  

Bo‘lib  o‘tgan ma’rifiy uchrashuv yakunida taniqli ijodkorlar — yozuvchi Mengnor Ollomurodov hamda shoir O‘ktam Davletovga filial direktori M.Kuchkarov tomonidan tashakkurnoma topshirildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar