uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun, 13-noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Nurullaev, fakultet dekani M.Amanbayeva hamda Xalqaro bo‘lim boshlig‘i B.Ro‘zmetova ishtirok etdilar.
Suhbat davomida ishtirokchilar korrupsiya holatlarining oldini olish, halollik tamoyillariga amal qilish, ta’lim jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlash masalalarida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbirda talabalar bilan fikr almashildi, ularga korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning faolligi va mas’uliyati muhim omil ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar halollik, poklik va mas’uliyatga chaqiruvchi fikr va takliflarini bildirdilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar