uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Filialda ijarada yashovchi talabalar sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘limi bosh inspektori leytenant Muxtor Ruzmetov ishtirok etdi.
Seminar davomida talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlardagi isitish tizimi, dudbo‘ronlarning sozligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi va sanitariya-gigiyena talablari holati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Filial mas’ullari tomonidan ushbu jarayonlar muntazam nazoratda bo‘lishi, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilishi, shuningdek, xavfli deb topilgan xonadonlarda yashovchi talabalar xavfsiz joylarga ko‘chirilishi ta’kidlab o‘tildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar