uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Kuz-qish mavsumida ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi”

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori Maxsudjon Kuchkarov kuz-qish mavsumi munosabati bilan ijarada yashovchi talabalar holidan xabar oldi.
Urganch shahri Yangi Urganch ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida ijarada yashovchi 3- bosqich talabasi Xusnora Ermetova hamda Urganch shahri Al-Xorazmiy ko‘chasida ijarada turuvchi filialning 4-bosqich talabasi Nizomjon Qodirboyevlarning yashash manziliga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari, xonadonning issiqlik tizimi, tozaligi va qulayliklari o‘rganildi.
Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, o‘qish jarayoni, sog‘lom turmush tarzi hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 
Shuningdek, rahbariyat tomonidan talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, isitish tizimining barqaror ishlashini nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar