uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yoshlarni ta’lim va kasbga yo‘naltirish — muhim e’tiborda

Gurlan tumani "Jaloyir" mahallasida 2025-yilda ishsiz yosh va bandligi ta’minlanmagan bitiruvchi-yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida tuzilgan "YO‘L XARITA" ijrosiga muvofiq mahalladagi oliy va professional ta’lim, kollej va umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilaridan jami 15 nafar yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
Xususan, O'zDXA Urganch filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha direktorning 1- o'rinbosari A.Sh.Saparbayev hamda mahalla mas'ullari bilan birgalikda "Jaloyir" MFY da istiqomat qiluvchi yoshlarning bandligi ta'minlanishi borasida olib borilgan ishlarning natijasi o’laroq 15 nafar yoshdan 11 nafari oliy ta'lim bakalavr va magistratura ta'lim yo'nalishiga jalb qilingan, 2 nafari kasb-hunarga o'qitilmoqda, jami 13 nafar yosh bandligi ta’minlashga erishildi. Yana 2 nafar yoshning ham kasbga qayta oʻqitilishi hamda chet tillarini o’rganishga jalb etilishi ko’zda tutilmoqda.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar