uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ota-onalar bilan uchrashuv tashkil qilindi

Bugun, 22-oktabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida filial rahbariyati va talabalar ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial direktori M.Kuchkarov, direktorning birinchi o‘rinbosari A.Saparbayev, Xoreografiya fakulteti dekani M.Amanbayeva hamda kafedra mudiri N.Abdiramonovlar so‘zga chiqib, o‘quv jarayoni, talabalarning darsga qatnashish holati, yotoqxona va ma’naviy-ma’rifiy muhit yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Filialga kela olmagan ota-onalar esa uchrashuvda onlayn tarzda ishtirok etdilar.
Muloqot davomida ishtirok etgan 40 nafar ota-onalarning ham fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi.
Mazkur uchrashuv talabalarning o‘qish jarayoni va tarbiyasida ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar