uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"Talaba Expo – 2025"da O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ishtirok etmoqda

Bugun bo‘lib  o‘tayotgan “Talaba Expo – 2025” ko‘rgazmasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Ushbu tashrif filial direktori M.Kuchkarov hamda direktorning 1-o‘rinbosari A.Saparbayev boshchiligida amalga oshirilmoqda.
Talabalar ko‘rgazma doirasida turli tashkilot va muassasalarning faoliyati bilan yaqindan tanishib, mehnat bozoridagi real talablar, bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.
Mazkur tadbir talabalar uchun kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash, kelajakdagi faoliyatlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkonini bermoqda.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar