uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Fidjital Raqs Musobaqasida Faxrli Natija!

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Fidjital federatsiyasi tomonidan fidjital sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqaning "fidjital - raqs" yo‘nalishida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talaba qizlari ham ishtirok etdi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan ishtirok etgan talaba qizlar  o‘rtasida o‘tkazilgan "fidjital - raqs" yo‘nalishida filialimiz talabasi Zinatdinova Aida Zafar qizi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq Aidaning iste’dodi, mehnati va sahnadagi faol ijodiy izlanuvchanligining natijasi bo‘lib, bu muvaffaqiyat filialimiz uchun ham faxrli voqea bo‘ldi.
Zinatdinova Aida Zafar qizini ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar