uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.

Bugun, 9-oktabr sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Toza qo‘llar” dasturining amaldagi ijrosi bo‘yicha monitoring va o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganish ishlari davomida filial hududida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi, tozalik va xavfsizlik bo‘yicha mavjud sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jumladan, o‘quv binolari, darsdan tashqari xonalar (razdevalkalar), yotoqxona, oshxona, hojatxona kabi muhim ijtimoiy-maishiy ob’ektlarning holati, ularning gigiyenik tozaligi, sanitariya me’yorlariga javob berish darajasi baholandi.
O‘rganish jarayonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi a’zosi Shoira Nurullayeva ishtirok etdi va mavjud holat yuzasidan joyida tegishli mutasaddilarga zaruriy metodik tavsiyalar berdi.
Ishchi guruhi a’zolari “Lazgi” muzeyidan o‘rin olgan eksponatlar bilan ham tanishishdi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Videolavhalar