uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv darsi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat  xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari uchun yangi o‘quv yili doirasida muhim tadbirlardan biri — “Treningga kirish” darsi tashkil etildi. Ushbu tadbirda filial dekani Munavvara Amanbayeva 1-bosqichga qabul qilingan talabalar bilan bevosita uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalarga oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, axloqiy me’yorlari, hamda akademik intizom talablariga alohida e’tibor qaratildi. Munavvara Amanbayeva o‘z nutqida talabalik — bu nafaqat bilim olish davri, balki shaxsiy kamolot sari tashlangan muhim qadamlardan biri ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, filialda amal qiladigan kiyinish madaniyati, odoblilik, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabat madaniyati, hamda o‘quv intizomi haqidagi asosiy qoidalar talabalar e’tiboriga havola etildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi. Ushbu tanishtiruv darsi talabalarning filialga moslashuvi hamda mas’uliyatli, faol va intizomli bo‘lishlariga xizmat qiladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar