uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

YAPONIYALIK TALABALARGA “LAZGI” RAQSI TARIXI TUSHUNTIRILDI.

  

Bugun, 25-avgust sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga, Ma’mun universitetida ta’lim olayotgan chet ellik talabalar tashrif buyurishdi.   

Tashrif davomida yaponiyalik talabalar Xorazm viloyatining boy madaniy merosi, xususan, “Lazgi” raqsi tarixi bilan yaqindan tanishdilar. 

Filial xodimlari tomonidan Lazgining qadimiy ildizlari, u orqali ifodalanadigan falsafa, raqsda mujassam bo‘lgan milliy ruh, musiqiy jo‘shqinlik va uning UNESCO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Tadbir samimiy va ilmiy ruhda o‘tdi. Talabalar o‘zlarining katta qiziqishini bildirib, Lazgi raqsining estetik va tarixiy jihatlariga katta baho berdilar. Ular uchun bu tashrif O‘zbekiston madaniyatiga yangicha nazar bilan qarash va Xorazm an’anaviy san’ati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.  

Mazkur uchrashuv xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarga o‘zaro tajriba almashish uchun platforma yaratish hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosini dunyoga tanitishda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi. 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar