uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Mo'jizaviy Yangi yil” nomli bayram kechasi tashkil etildi.

Bugun, 24-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Mo'jizaviy Yangi yil” nomli bayram kechasi tashkil etildi.
Kechani filial direktori Kuchkarov Maxsudjon Bazarbayevich tabrik so‘zi bilan ochib berdi. 
 Fayzli va bayramona bezatilgan filialda bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida  filial talabalari tomonidan musiqiy chiqishlar va ajoyib sahna ko’rinishlari namoyish etildi. 
“Mo‘jizaviy Yangi yil” nomli bayram kechasida barcha orziqib kutayotgan yangi yil shukuhini ulashish va uning tarovatini to‘laligicha his qildirish maqsadida ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari, musiqiy va badiiy chiqishlar, yangi yil hazillari, Qorbobo va Qorqiz qiyofasidagi  sahnalashtirilgan chiqishlar taqdim etildi. Kecha barchaga birdek xushkayfiyat va tabassum ulashdi.Musiqiy chiqishlarga boy bo‘lgan ushbu bayram kechasida 2023-2024-o‘quv yili davomida turli tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh talabalar filial rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. 

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar