uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Kitobxon – ona, kitobxon – bola mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.



 
Bugun, 29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarda”gi PQ 401-sonli Qarori bilan  Yo‘l xaritasining  Oilalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan “Kitobxon-ona, kitobxon-bola” mavzusida ijodiy davra suhbati o‘tkazildi. 


Unda oilali talabalarimiz  va  o‘qituvchi ayollarimiz o‘z farzandlari bilan ishtirok  etishdi. Shuningdek, uchrashuvda filialning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi  B.Sapayeva,   filialning “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi” mutaxassisi Q.O‘razmetova  hamda fakultet dekani M.Amanbayevalar so‘zga chiqib, oilada kitobga, mutolaaga va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, kitob insonning fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni muqaddas deb hisoblashini ta’kidlab o‘tdilar. Suhbat jarayonida kitoblik - insonni kamolotga eltuvchi yo‘l ekanligi, oilada farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyati muhimligi  haqida so‘z yuritildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.
Talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda xavfsizlik va isitish tizimi o‘rganildi

Videolavhalar