Kuni kecha, 28-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida qizlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarash va sog‘lom e’tiqodni shakllantirish, ular dunyoqarashida g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda targ‘ibot guruhi a’zolari, soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan fuqarolarning, ayniqsa xotin-qizlarning diniy huquq va erkinliklarini taʼminlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglik gʻoyalarini chuqur singdirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgani haqida soʻz yuritilib, bu islohotlarda vatanparvarlik, millatparvarlikka qaratilgan ezgu yoʻnalishlar, Islom dinining insonparvarlik, tinchlik va doʻstlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.Tadbirda viloyat targ‘ibot guruhi ishtirokchilari M.Masharipova va I.Xajiyevalar ham mazkur mavzuga oid fikrlarini bayon qildilar.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00
