uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Kuni kecha, 25-noyabr sanasida  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2-4-bosqich talabalari ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Uchrashuvda talabalarga o‘qish jarayonida korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik va  oldini olishga qaratilgan tartib-tamoyillar tushuntirilib, ma'lumotlar berildi. Talaba-yoshlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida keltirilgan “Korrupsiya”, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “Manfaatlar toʻqnashuvi”, “Shaxsiy manfaatdorlik”, “Yaqin qarindoshlar” kabi atamalarning mazmuni va mohiyati filialning Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Shaxanov, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Sapaeva, filial bosh mutaxassisi K.Urazmetovalar tomonidan tushuntirib berildi. 
Talabalar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan javoblar oldilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.
Talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda xavfsizlik va isitish tizimi o‘rganildi

Videolavhalar