uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

"Eng faol yil talabasi" g'oliblari taqdirlandi.

Bugun, 18-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir davomida “Eng faol yil talabasi” tanlovining filial bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
Joriy yil davomida o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faollik ko‘rsatib, yuqori natijalarga erishayotgan talabalardan;
 Ro‘zioy Abdujabborova “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”,
Ulug‘bek Daulov “ Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”,
Maqpal Djumaboyeva “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”,
Dilnoza Boboqulova “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lishdi.
Eng faol yil talabalari filial mas’ullari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi!”: filial jamoasi umumxalq hasharda faol qatnashishdi.
Talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda xavfsizlik va isitish tizimi o‘rganildi

Videolavhalar