uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Jangovar shaylik – favqulodda vaziyatlarda harakatlanishda muhim omil!

Xorazm viloyati FVB tomonidan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 
Mazkur o‘quv mashqi avvalida FVB xodimlari talaba-yoshlar bilan suhbat olib borishdi. Shundan keyin shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda filial fuqaro muhofazasi tuzilmalari va talabalarining amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Bunda yong‘in yoki boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar kuzatilganida sarosimaga tushib qolmaslik, o‘zlari va o‘zgalar hayotini asrashda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari amaliy tarzda bajarilib, talabalarning favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi sohasidagi bilim-ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR NATIJALARI
Shovot tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi
Sport - sog'lik garovi!

Videolavhalar