uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Qabul komissiyasi aʼzolari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

2026-yil 6-iyul kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida qabul komissiyasi aʼzolari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish filial direktori M.B.Kuchkarov boshchiligida oʻtkazilib, unda 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, amaliy (ijodiy) imtihonlarning adolatli, shaffof va xolis oʻtkazilishini taʼminlash, korrupsiya holatlarining oldini olish hamda har qanday noqonuniy aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, imtihon jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida onlayn translatsiyani sifatli tashkil etish, texnik vositalarning uzluksiz ishlashini nazorat qilish hamda barcha jarayonlarni belgilangan tartib asosida olib borish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Yigʻilish davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay sharoitlar yaratish, kutish hududlarini tashkil etish, zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida yetkazish, murojaatlarga tezkor va xolisona javob berish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Yakunda filial direktori M.B.Kuchkarov qabul jarayonining har bir bosqichida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, shaffoflik va xolislik tamoyillarini taʼminlash hamda filial nufuziga munosib tarzda faoliyat olib borish barcha masʼul xodimlarning ustuvor vazifasi ekanligini taʼkidladi.



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar