uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Talabalarimizning navbatdagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!

✨O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari Aminova Dilrabo Raximovna hamda Sattarova Gulnoza Botir qizi Xorazm viloyati hokimi sovrini uchun oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Viloyat hokimi stipendiyasi" tanlovida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar hamda "Viloyat hokimi stipendiyasi" sohibalari bo‘ldilar.
Mazkur yutuq talabalarimizning bilim va salohiyati, izlanishlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilarimizning fidokorona mehnati hamda filialimizda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhitining yorqin samarasidir.
💐 Ushbu muvaffaqiyat munosabati bilan stipendiya sohibalari Aminova Dilrabo Raximovna va Sattarova Gulnoza Botir qizini chin dildan muborakbod etamiz. Shuningdek, ularning ota-onalari va ustozlariga samimiy minnatdorlik bildirib, kelgusidagi o‘qish va ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar