uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan amaliy uchrashuvlar tashkil etildi

2026-yil 17-iyun kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori M.Kuchkarov va fakultet dekani M.Amanbayevalar viloyatda 2025–2026-oʻquv yilida oliygohlarni bitirayotgan bitiruvchilar bilan uchrashish maqsadida Shovot tumaniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Beshmergan, Beshchiqir, Taraqqiyot, Toʻkmanqit, Eshonqal’a, Xitoy, Katqal’a, Qirgʻoqboʻyi va Asovey mahallalari yoshlari bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan amaliy yordam koʻrsatish maqsadida yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Suhbatlarda mahallalarning yoshlar yetakchilari ham ishtirok etib, har bir yoshning mavjud muammolari va ehtiyojlari oʻrganildi.

Uchrashuvlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda yoshlarning bandligini taʼminlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar