uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Chorshanba – sport kuni”: ish kuni badantarbiya bilan boshlandi

Bugun 2026-yil 10-iyun kuni  Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali xodimlari “Chorshanba – sport kuni” doirasida ish kunini ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda xodimlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan badantarbiya mashgʻulotlari barchaga koʻtarinki kayfiyat va tetiklik ulashdi. Ertalabki jismoniy mashqlar xodimlarning kun davomida samarali faoliyat yuritishiga, sogʻligʻini mustahkamlashga va jamoaviy hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Filial jamoasi sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va sport bilan muntazam shugʻullanish anʼanalarini davom ettirmoqda.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
“Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Ilm va mehnatning yuksak e’tirofi

Videolavhalar