uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida magistrant bilan amaliyot bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

2026-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, dotsent M.Masharipov tomonidan akademiya magistranti  Ulug‘bek Daulov bilan amaliyot masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida magistrantga amaliyotning maqsad va vazifalari, amaliyot dasturining mazmun-mohiyati hamda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo‘lgan ilmiy, uslubiy va tashkiliy ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ilmiy maqola va tezislar tayyorlash hamda akademik halollik tamoyillariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda magistrantning magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari ham ko‘rib chiqilib, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yakunda amaliyot hujjatlarini yuritish tartibi, filialning ichki tartib-qoidalari, mehnat intizomi hamda texnika xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Separatizm va millatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Oila qadriyatlari va ixcham to‘ylar mavzusida ochiq dars tashkil etildi
“Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Ilm va mehnatning yuksak e’tirofi

Videolavhalar