uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Respublika ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Bugun aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot tadbirlari doirasida Respublika ishchi guruhi a’zosi I.Choriyev tomonidan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Tashrif davomida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilinib, bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar batafsil ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, targ‘ibot jarayonida foydalanilayotgan ko‘rgazmali vositalar, bukletlar, videoroliklar va boshqa materiallar bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni giyohvandlik, turli zararli odatlar hamda jinoyatchilikdan asrash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng yoyish va ma’naviy immunitetni mustahkamlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar