uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Mahorat darslari orqali madaniy tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi

2026-yil 23-mart kuni Ozarbayjonlik mehmonlarning tashrifi doirasida mezbonlar va mehmonlar ishtirokida qiziqarli va mazmunli mahorat darslari tashkil etildi. Unda Ozarbayjonlik mehmonlarga o‘zbek milliy raqslarining turlari, ularning o‘ziga xos uslublari hamda nafis harakatlari filial xoreograflari tomonidan amaliy tarzda o‘rgatildi.
Shu bilan birga, mehmonlar ham o‘z navbatida Ozarbayjon milliy raqslariga xos bo‘lgan harakat va usullarni namoyish etib, ularni ishtirokchilarga o‘rgatdilar.
Bu jarayon o‘zaro tajriba almashish, san’at orqali madaniyatlarni yanada yaqinlashtirish va ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur mahorat darslari samimiy muhitda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda kelgusida bunday ijodiy uchrashuvlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.







O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar