uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniy aloqalar mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 23-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga Ozarbayjonning Boku hamda Qorabog‘ madaniyat markazlaridan bir guruh mehmonlar tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Mehmonlar filial jamoasi tomonidan tantanali ruhda, milliy an’analar asosida samimiy va iliq kutib olindi.
Tashrif davomida mehmonlarga filial faoliyati, ta’lim jarayoni hamda talabalarning ijodiy ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar uchun maxsus madaniy dastur namoyish etilib, unda o‘zbek milliy raqslari va sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Ushbu tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar