uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

“Akademik halollik” mavzusida tashkil etilgan seminarda filialimiz xodimlari ishtirok etishdi.

2026-yil 10-mart kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali vakillari “Akademik halollik” mavzusida tashkil etilgan seminarda onlayn tarzda ishtirok etdilar.
Seminarda filialning Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Usmon Qalandarov, Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Temur Ahmedov hamda bosh mutaxassis Dilnoza Atabayeva qatnashib, akademik halollik tamoyillarini taʼlim jarayonida keng joriy etish, talabalar va pedagoglar o‘rtasida halollik madaniyatini shakllantirish hamda baholash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash masalalari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Seminar davomida akademik halollikning taʼlim sifatini oshirishdagi ahamiyati, plagiatning oldini olish, mustaqil taʼlim jarayonida halollik tamoyillariga rioya qilish hamda zamonaviy taʼlim tizimida ushbu tamoyillarning o‘rni haqida fikr almashildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Mehnatning tagi - rohat” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi
"ZULFIYA – O‘ZBEK AYOLINING YORQIN SIYMOSI" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
"Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanloviga strat berildi.
“Rahbar va yoshlar” – ochiq muloqot va dolzarb masalalar muhokamasi

Videolavhalar