uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA'LIM JARAYONIDAGI O'RNI MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL QILINDI

2026-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashabbusi bilan hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent Elov Botir Boltayevich bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy onlayn video seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida zamonaviy kompyuter lingvistikasi, raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, soha mutaxassisi tomonidan ilmiy tadqiqotlarni raqamlashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Seminarda filial professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda mazkur yo‘nalishga qiziquvchi talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Tadbir o‘zaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

“Kelajak soati”: O‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan ma’rifat darsi
NAVRO'Z SAYLI TASHKIL QILINDI: SUMALAK PARTY - 2026
Ochiq muloqot: talabalar takliflari va rahbariyat e’tibori
Onlayn qabul: muammolar, savollar va takliflar muhokama qilindi

Videolavhalar