uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Startap loyihalar yaratish kuni doirasida rahbariyat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Bugun, 2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida Startap loyihalar yaratish kuni doirasida rahbariyat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda filial direktori M.Kuchkarov, Xoreografiya fakulteti dekani M.Amanbayeva hamda kafedra mudiri N.Abdiramonov talabalar bilan muloqot olib bordi.

Suhbat davomida talabalarning ta’lim jarayoni, ijodiy faoliyati, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalar yaratish va innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish masalalari hamda ularni qiziqtirgan boshqa mavzular yuzasidan fikr almashildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning startap va innovatsion loyihalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

DIQQAT, HURMATLI TALABGORLAR VA FUQAROLAR!
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali vakillari Tuproqqal’a tumanidagi 17-son umumta’lim maktabida tadbir o‘tkazishdi
Filial xodimlari tomonidan Tuproqqal'a tumanidagi maktablarda o'quvchilarning bo'sh vaqtlari mazmuni tashkil qilinmoqda
FILIAL DIREKTORI YANGI O'QUV BINOSINING QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Videolavhalar