uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Nufuzli ilmiy bazalar bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Bugun, 2026-yil 30-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent Botir Elov ishtirokida Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar oflayn tarzda tashkil etildi.
Mazkur seminarni filial direktori M.B.Kuchkarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
U o‘z nutqida ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro ilmiy bazalarda maqolalar chop etishning ahamiyati hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarning dolzarbligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Seminar davomida Botir Elov tomonidan Scopus va Web of Science bazalarining imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish yo‘llari, ilmiy maqolalarni tayyorlash va nufuzli jurnallarda chop etish talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
Ushbu ilmiy-amaliy seminarda filial xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar faol ishtirok etishdi.
Seminar ishtirokchilar uchun foydali bilim va tajribalar almashinuvi maydoniga aylandi.


O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar kuni doirasida uchrashuv hamda intellektual o'yin tashkil qilindi.
Kiber xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ilm yo‘lida izlanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
“Narkojinoyatga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Videolavhalar