uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialidа Kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  




 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialidа Kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigilishda filial direktorining birinchi o’rinbosari A.Saparboyevning O‘zDXA Urganch filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022 yil aprelidan 2025 yil fevraligacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga saylov ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi jamoa tomonidan ma’qullandi. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib bo‘lim mutaxassisi Mariya Pirmagambetova  qayta saylandi. Munozaraga chiqqan xodimlarning taklif va mulohazalari tinglandi .

 O‘zDXA Urganch filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022 yil aprelidan 2025 yil fevraligacha bo‘lgan hisobot davrdagi faoliyati qoniqarli deb baholandi. 

Yigilishda madaniyatsport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi A.Salaev ishtirok qildi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

BIRLIK VA HAMJIHATLIK RAMZI
Lazgi san’atining xalqaro maydondagi muvaffaqiyati
Urganch filiali professori Hindistonda o‘tkazilgan xalqaro festivalda ishtirok etdi
Poytaxtda madaniy ta’lim yo‘nalishidagi ilk Xalqaro konferensiya

Videolavhalar