uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Test sinovlari uchun ruxsatnoma yuklab olishni unutmang

Bosh sahifa > ---

Test sinovlari uchun ruxsatnoma yuklab olishni unutmang

 

Ertaga test sinovining ilk kunida birinchi smena soat 7:00 da boshlanadi. Abiturientlar test o‘tkaziladigan hududga 1 soat oldin kelishlari kerak.

 

Mendagi  ma’lumotlarga ko‘ra, ertangi test sinovi uchun minglab abiturientlar hali ruxsatnoma yuklab olmagan. Bu degani ular qachon va qaerda testga kirishini bilolmaydi va testdan qolib ketadi.

 

Yana bir bor ruxsatnoma yuklab olishingiz kerakligini eslatib o‘taman. Test sinoviga kirish uchun albatta abiturient ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (pechat) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).

 

Ruxsatnomalarni https://my.dtm.uz/allow manzilidan pasport seriya va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olish mumkin (shaxsiy kabinet parolini bilish shartmas, telefonga SMS kelishi ham shartmas).

 

Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham yuklab olish mumkin:

 

? @e_dtm_mandatbot

? @e_dtm_mandat1bot

? @e_dtm_mandat2bot

? @e_dtm_mandat3bot

? @e_dtm_mandat4bot

 

O‘qishga topshirgan yaqinlaringizga ham eslatib qo‘ying, ular ham hali ruxsatnomani yuklab olmagan bo‘lsa, bu ishni tezda qilishsin.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar