uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyatdagi navbatdagi yutuqlar

Bosh sahifa > ---
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida ilmiy hamda o‘quv-uslubiy faoliyatni rivojlantirish borasidagi samarali ishlar o‘z natijasini bermoqda.Filialning O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Temurjon Ahmedov hammualliflikda tayyorlagan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik nashrdan chiqdi. Mazkur darslik yosh avlodning ijtimoiy muhitga moslashuvi, tarbiyasi va rivojlanishiga oid dolzarb masalalarni yoritib, ta’lim jarayonida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, filialning Lazgi bo‘limi boshlig‘i Zulfiya Yoqubovaning “Asrlar qa’ridan uyg‘ongan lazgi” mavzusidagi ilmiy maqolasi Germaniyada nashr etiladigan nufuzli xorijiy ilmiy jurnal — “Web of Scholars: Multidimensional Research Journal” sahifalarida chop etildi. Maqolada Xorazm lazgisining tarixiy ildizlari, uning milliy madaniyatimizdagi o‘rni va bugungi kundagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Ushbu yutuqlar filial jamoasining ilm-fan va ta’lim sohasidagi izlanishlari samarasi bo‘lib, milliy madaniyatimiz va ta’lim taraqqiyotiga qo‘shilayotgan munosib hissaning yana bir yorqin namunasidir.

Hamkasblarimizni ushbu muvaffaqiyatlar bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida yangi zafarlar tilaymiz!

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar