uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Oilaviy qadriyatlar ulug‘langan tadbir

Bosh sahifa > ---
15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida ma’naviy-ma’rifiy ruhda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda filial professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda jamoa vakillari ishtirok etib, oilaning jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlar, oilaviy totuvlik va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat haqida fikr almashildi.
Tadbir davomida bugungi kunda o‘zining ibratli hayoti, ahilligi va jamiyatdagi faolligi bilan barchaga namuna bo‘lib kelayotgan, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sohiblari — Mariya Pirgambetova hamda Nurmat Boboyev filial jamoasi nomidan samimiy muborakbod etildi.
Ularning oilaviy qadriyatlarga sodiqligi, mehnatsevarligi va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etilib, ezgu tilaklar bildirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar oilani qadrlash, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash har bir insonning muhim burchi ekanini ta’kidladilar.







O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar