uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Filial talaba qizlari To'maris izdoshlari!

Bosh sahifa > ---
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talaba-qizlari “To‘maris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichida munosib ishtirok etdi! 
Joriy yilning 25-aprel kuni Urganch shahridagi Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tanlovda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialining “Turkiy zamin qizlari” jamoasi  2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
Jamoani tanishtirish
“Sport bilan hamnafasmiz” (100, 200, 300, 400 metrga yugurish, estafeta, kamondan o‘q otish, darts)
Birinchi yordam ko‘rsatish
Velosiped bellashuvi
Jamoamizni bugungi yana bir gʻalaba bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda talaba qizlarimizga kelgusi foaliyatida omad va zafarlar tilaymiz!




O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqala tumanida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yoshlar — boshqaruv jarayonlarining faol ishtirokchisi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrik va taqdirlash marosimi

Videolavhalar