uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ishlar boshqarmasi boshlig'i



ABDULLAYEV ANVAR ABDIRIMOVICH 

Ishlar boshqarmasi boshlig'i

ISHLAR BOSHQARMASI BOSHLIGʻINING  LAVOZIM VAZIFALARI:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, filial Kengashi qarorlarini, filial rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
  • ·      Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innavatsiyalar vazirligining Ishlar boshqarmasi toʻgʻrisida Nizomga asosan faoliyatini tashkil etish;
  • Filial tuzilmasi boʻyicha ishlar boshqarmasi boshligʻiga   boʻysinuvchi boʻlimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
  • Filialda “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari yordamida oʻtilishini tashkil etish hamda bino-inshootlar, oʻquv xonalari, auditoriyalar, oʻquv laboratoriyalar va ma’ruza zallarini joriy va kapital ta’mirlash masalalari boʻyicha rektorga takliflar kiritish va ishlarni tashkil qilish;
  • Filialning moddiy qiymatliklar va texnik vositalarga, yoqilgʻi-moylash materiallariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash, tahlil qilish hamda harid qilish yuzasidan rektorga takliflar kiritish;
  • Filialda mehnatni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika va yongʻin xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
  • Ishlar boshqaruvchisi tasarrufidagi boʻlimlar boʻyicha mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha rektorga takliflar kiritish; 
  • Filial moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, filial hududi, bino-inshootlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
  • Filial hududi, bino-inshootlari va talabalar turar joylarida kommunal xizmat turlarining barqaror ishlashini ta’minlanish;
  • Filialning yordamchi xoʻjaliklari va madaniy dam olish maskanlari faoliyatini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish;
  • Filial xoʻjalik faoliyatini barqaror ishlashini ta’minlash, qora, rangli metal, makulatura rejasini bajarilishini ta’minlash;
  • Filial bino-inshootlari, talabalar turar joylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilishini tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;
  • ·      Filialning barcha binolari va talabalar turar joylarida texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi xodimlarining navbatchilik jadvallarini tuzilishini tashkil qilish va nazoratni amalga oshirish;
  • ·      Filialning xoʻjalik-boshqaruv ishlari boʻyicha hisobotlarni tahlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
  • ·      Filial rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni koʻrib chiqish;

Bilishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va xoʻjalik boshqaruvi sohasidagi qarorlarini mohiyatini bilish.

Malaka talablari:

Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim, xoʻjalik boshqaruvi sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga;

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, hushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

Rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.

Klassifikator boʻyicha:

Lavozimlar

nomi

MMSK

boʻyicha

kod

Xodimlar

toifasi

Ma’lumotining

eng past

darajasi

OʻMKTMTYKM

va OTYMK boʻyicha kodi

2609

Ishlar boshqaruvchisi

1210

B

Oliy ma’lumot

Bilimlarning

qoʻllanish

sohasiga koʻra

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi
“Kelajak soati”: Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi
Jadid bobolarimiz: “Millatni saodatga eltuvchi yo‘l — bu ilm va tarbiya".
“Art-terapiya” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Videolavhalar