uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori




O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori 
Kuchkarov Maxsudjon Bazarbayevich


    • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash soxasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
    • Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tadbirlarini bosqichma-boskich amalga oshirishda Davlat ta’lim standartlari bajarilishini ta’minlash;
    • Xodimlarning mehnatini, ta’­lim oluvchilarning o‘qishini tashkil etish, o‘kish sifatini oshirish hamda mehnat unumdorligini yuksaltirish, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-xuquqy hujjatlarda, mehnat shartnomasida, to‘lov- kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha kontraktda ko‘zda tutilgan shart- sharoitlarni yaratish;
    • Xodimga u bajargan ish uchun bel­gilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘lik hajmda haq to‘lash hamda ta’lim oluvchilar stipendiyalarini belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
    • Mehnat, ijro va o‘quv intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
    • Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq  xo‘jalik va moliya-iktisodiyot faoliyatini boshqarish, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialining barcha moddiy-texnik bazasi va mol-mulkini saqlash va ulardan samarali foydalanish hamda moliya-xo‘jalik faoliyat natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar bo‘yicha to‘liq  javob berish;
    • Qonunchilikda va filial Ustavida belgilangan vakolat doirasida moliya- xo‘jalik faoliyat bilan bog‘liq masalalarni hal etadi, faoliyatning ba’zi yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarlari va bo‘limlar boshliqlarini mas’ul deb belgilash hamda ular tomonidan yuklatilgan vazifalarii bajarilishini ta’minlash;
    • Qonunchilikka, jamoa va mexnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolatli va badal to‘lovlari to‘lanishni ta’minlash;
    • Mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to‘lash;
    • Xodimlar hamda ta’lim oluvchlarining vakolatli organlari  huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish, mehnat, o‘qish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish;
    • Mehnat Kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalaini tuzish;
    • O‘quv va ma’naviy-ahloqiy hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, mehnat va o‘quv madaniyati va intizomi, ta’lim sifatini ko‘tarilishiga erishish, xodimlarning kasb-mahoratini yuksaltirish;
    • Xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga o‘rgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish;
    • Professor-o‘kituvchilarning «Iste’dod» jamg‘armasi, Davlat grantlari va talabalarni  Davlat va nomdor stipendiyalari, jamoat tashkilotlari ko‘rik tanlovlarida qatnashishini tashkil qilish;
    • Filial  kengashlariga rahbarlik qilish;
    • Fakultetlar va kafedralarni, boshqa tarkibiy bo‘lim va markazlarni boshqaruvini tashkil etish;
    • Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq nogiron xodimning mehnat qilish xuquqini amalga oshirishni ta’­minlash, nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishdan bosh tortishga, ma’ muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga, nogironligi uchun uni o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik (Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa kishilarning salomat­ligi va mehnat havfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno);
    • Mehnat jamoasini moddiy texnik resurslar va moliyaviy  mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlab borish, muassasaning moliyaviy ahvoli haqida mehnat jamoasini muntazam xabardor qilish;
    • Barcha xodimlar mehnat ta’tilini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
    • Filial xodimlari va talabalarini Kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘zaro takliflar va talablarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;
    • Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘lik xolda mehnatdan mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti  yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha o‘z fuqarolik javobgarligini O‘zbekiston Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalash;
    • O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning yozma va og‘aki murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatda xolisona ko‘rib chiqishni ta’miinlash;
    • Madaniyat va­zirligi, shuningdek filial hamkorlik qiladigan vazirlik va idoralar lavozimlari nomenklaturasiga qarashli bo‘lgan direktor o‘rinbosari, de­kan, bo‘lim va markaz boshliqlari lavozimlariga nomzodlarni o‘rnatilgan tartibda mutasaddi vazirlikkka   kiritish hamda ularning (xulosalari) qarorlari bilan tayinlangan (kelishilgan) nomzodlar bilan mehnat shartnomasini tuzish;
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.05.2021 yildagi PQ-5132-son «IJRO.GOV.UZ» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, havfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Filial kengash qarorlari, direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan  maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.
  •  

Videolavhalar