uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

      

Abdullayev Rasulbek Ruzimboy o'g'li

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i



Matrasulov Diyorbek Nurjon o'g'li
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi muhandis dasturchisi
Abdullayev Zoirjon Jaloliddinovich
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi muhandis dasturchisi
 
O‘ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI URGANCH FILIALI RAQAMLI TA’LIM TEXNALOGIYALARI MARKAZI BO‘LIMI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOMI
 
1.Umumiy qoidalar 
Oʻzbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasi Urganch filiali (bundan buyon matnda filial deb yuritiladi) Raqamli ta’lim texnalogiyalar markazi (bundan buyon matnda markaz deb yuritiladi) nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalari sohasida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son farmoni hamda Oʻzbekiston Resublikasi Bosh vazirining 2018-yil 20-fevraldagi  08/1-580-son topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
  1. Markaz filialning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, ta’lim muassasiga axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarni joriy  etish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiradi.
  2. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, filial Ustavi, Kengash qarorlari, filial direktorining buyruqlariga muvofiq olib boradi.
  3. Markaz bevosita AKTni joriy etish bo’yicha mas’ul prorektorga bo’ysunadi.
  4. Markaz oʻz faoliyatini Oʻz DXA Uf boshqa boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  5. Ushbu Nizom OʻzDXA Uf  Raqamli ta’lim texnalogiyalar markazi (RTTM)ning maqsadi va vazifalari hamda boʻlinma boshligʻining huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
2.  Markazning vazifalari va funksiyalari
1.Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • OʻzDXA Uf  axborot xavfsizligiga paydo boʻlgan  tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida OʻzDXA Uf rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo’yicha konsultatsiya   xizmatlari koʻrsatadi;
  • OʻzDXA UFdagi mavjud kampyuter texnalogiyalarining dasturlarining toʻgʻri ishlashini nazorat qilish;
  • Kompyuterlarni tenik koʻrikdan oʻtkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
  • OʻzDXA  Uf kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
  • OʻzDXA Uf Internet tarmogʻi,(E-mail) electron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashni nazorat qilib borish, xabar va yangilikalarni oʻz vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • OʻzDXA Ufning elektron oʻqitish boʻyicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik hamda elektron oʻqitishni tashkil etish boʻyicha mahalliy oliy oʻquv yurtlari bilan aloqalaar oʻrnatish;
  • Saqlanayotgan hamda  aloqa kanallaridan uzatilayotan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yoʻqotishlardan himoyalsh;
  • Axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;
  • Axvorot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
  • Dasturiy vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yoʻqotishlardan himoyalash;
  • Operasion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni yechish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
  • Saqalanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotning tarqalib ketishidan himoyalsh;
  • Roʻyhatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslaridan  foydalanish imtiyozishi berish;
  • Himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlangan foydalanuvchilarni tizim jurnalida roʻyhatdan oʻtkazish hamda foydlanuvchining xatti-harakatining toʻgʻriligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;
 2. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  1. Axborot – kommunikatsiya texnalogiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash:
Kompyuterlardagi mavjud texnik va dastury muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oʻquv kompyuter texnikasi va texnaogiyasidan samarali foydalanish  bo’yicha  taklifalar kiritish;
kompyuter oʻquv xonalariga va kompyuterlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter oʻquv xonalarida samarali foydalanishni nazorat qilish;
tarkibiy boʻlinmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini oʻrnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat koʻrsatish;
mavjud kompyuterlarga oʻquv jarayoni uchun zaruziy dasturiy vositalarni oʻrntish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat koʻrsatish;
axborot – kommunikatsiya texnalogiyalarini joriy etish va rivojlantirish va ulardan foydalanish masalalariga bogʻishlangan oʻquv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkl etish;
  1. Filialda internet tarmog’idan samarali foydalanishni tashkil etish, korparativ va lokol tarmoq ishlashini nazorat qilishda:
oʻquv binolaridagi mavjud tarmoq  qurilmalarini (server, svichlar ) doimiy ishlab turishni ta’minlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
kompyuterlarni lokol tarmoqqa ulash va lokol tarmoqda ishlashni nazorat qilish;
kompyuterlarga virusga qarshi (antivuris) dasturlarni oʻrnatish va ularni yangilab borishni ta’minlash ;
oʻquv binolarida oʻrnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashni nazorat qilib boorish;
tarkibiy boʻlinmalarga local tarmoqning tenik va dasturiy vositalari boʻyicha uslubiy va texnik yordam koʻrsatish;
 
internet tarmogʻiga ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidanfilial rahbariga takliflar berish;
xodim va talabalar internet tarmogʻidan samarali foydalanish ta’minlash hamda nazorat qilish;
Internet tamogʻiga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali internet tarmogʻini doimiy ishlashni nazorat qilish hamda turli xavlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
         v) rasmiy veb-sayt va elektron pochta xizmatlarini doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlarni koʻrsatilishini ta’minlashda:
tarkibiy bo’linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning filial elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan toʻgʻri foydalanishlarini kuzatib borish;
rasmiy veb-saytga axborot xizmati tomonidan filial faoliyatiga oid berilgan ma’lumotlarni oʻz vaqtida joylashtirish;
veb-sayt orqali koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlari doimiy ishlab turishni va yangilab borishni taminlash;
         g) akademiya filiali axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyani ta’minlash, talim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish vavdoimiy yangilab borilishini tashkil etishda;
oʻquv jarayonini axtomatlashtirish boʻyicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
global axborot – huquqiy va ta’lim  resurslardan ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan  maxsus dasturlarni filialga tegishli ma’lumotlar bilan oʻz vaqtida toʻldirib borilishini ta’minlash;
Filialda joriy etilgan elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;
Elektron ta’lim resurlar  bazasini yaratish va uni toʻldirib borilishini nazorat qilish hamda rfeestrni yuritish;
Yangi avlod adabiyotlarining elektron variyatnlarini yaratishgadasturiy va texnik yordam koʻrsatish;
Yaratilgan elekron darsliklar bazasini shakillantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish;
3. Markazning huquq va majburiyatlari
         Markaz oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega; 
         Fiialning tarkibiy boʻlinmalaridan boʻlim faoliyatiga taaluqli materiallar va ma’lumotlarni soʻrab olish;
         Filial faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan, oʻzining iste’dodi bilimni namoyo qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʻrsatgan boʻlim xodimlarini ragʻbatlantirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
Zarur hollarda axborot – kommunikatsiya texnalogiyalardan foydalanish qoidalariga axborot xavfsizligiga rioaya qilinmagan rahbar ma’sul xodimlarga nisbatan qonuniy hujjatlarda belgilangan intizomiy jazo choralarni koʻrish yuzasidan filial rahbariyatiga takliflar kirish;
Markaz faoliyatiga doir hujjarlarni ishlab chiqarishda ishtirok etish;
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlarga ham ega boʻlish mumkin.
Markaz: Filial   kengashining qarorlari va direktorning buyruqlarida markazga yuklatilgan vazifalar ijrosini taminlashga;
Filial rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga;
Faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha yuqori samaradorlikni taminlash, filial tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yurik shaxslarning murojatlarini koʻrib chiqishga;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullani tashkil qilishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ishrejalarni bajarishni taminlashga;
filial ichki tartib qoidalari, odob – axlloq, talabalar turar joyi ichki tartib qoidalariga rioya etishga majbur.
Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
4.Markaz faoliyatini tashkil etish 
         Markaz boshqararish director tomonidan tayinlangan va lavozimdan ozod etiladigan markaz rahbari boshqaradi.
         Markazda (filial talabalari sonidan kelib chiqqan holda ) markaz rahbari boshchiligida 1 nafardan axborot xavfsizligini ta’minlasj, Tarmoqlarni boshqarish Texnik qo’llab – quvatlash, Axborot xaxfsizligini ta’minlash bo’limi boshliqlarni ,  2 nafar muhandis dasturchi, 2 nafar tizim administrator, 2 nafar tarmoq administrator, 1 nafar webdizayner faoliyat yuritadi.
  1. Markaz filialdan tashqari bajarilgan alohida buyurtma va shartnoma asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha pullik xizmat koʻrsatish huquqiga ega:
Zamonaviy axborot texnalogiyalariga oʻrgatish.
Dasturiy qoʻllanmalar ishlab chiqarish va joriy etish, ularnni qoʻllashda texnik xizmat koʻrsatish.
Internet va elektron pochta xizmatlarini koʻrsatish.
Kompyuter va axborot texnalogiyalari sohasida ta’ mirlash   xizmatini ko’rsatish.
Sifatli kompyuter, tarmoq va telekomminikatsiya jixozlari tanlash, zamonaviy dasturlar bilan ta’minash boʻyicha masalalar berish.
Filial professor - oʻqituvchilari hamda talabalarga kserokopiya xizmatlarini koʻrsatish.
Yuqoridagi xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Filial Nizomiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
  1. Yakuniy qoida 
Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 18-19-aprel kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14-fevraldagi farmoyishiga binoan joriy yilda O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligi keng nishonlanadi.
15-aprel Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni!
8-aprel kuni Madaniyat vazirligida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali tadbirini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Videolavhalar