uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi

                                  UMMATALIYEV NODIRBEK DILMUROT O‘G‘LI
                          Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi

YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BOʻLIMI BOSHLIGʻINING LAVOZIM VAZIFALARI:

 

  • Fakultet dekanatlari va kafedralarning namunaviy rejalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishini ta’minlash;
  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejalarini tuzilishini uslubiy ta’minlash;
  • Filialda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarida faol ishtirok etish;
  • ·      Filial kafedralari, boʻlimlari va talabalar turar joylarida “Ma’naviyat soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlari va mashgʻulotlarini reja asosida oʻtkazilishini tashkil qilish uslubiy yordam koʻrsatish;
  • ·      Yuqori tashkilotlar va direktoratdan boʻlimga kiruvchi hujjatlarni alohida daftarda roʻyxatini yuritish va ijrosini ta’minlash;
  • ·      Boʻlim faoliyatiga taalluqli buyruq va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash, kelishuv imzolarini olish hamda boʻlim boshligʻiga taqdim etish;
  • ·      Filialda Davlat dasturlarini tuzilishi, tasdiqlanishi, tegishli mas’ullarga yetkazilishi va ijrosini ta’minlash;
  • ·      Ma’naviyat soatlarini mavzularini tanlash va barcha kafedralarda ijrosini ta’minlash;
  • ·      Filialda va talabalar turar joylarida oʻtkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bayonnomalarini rasmiylashtirish va ish yuritish nomenklaturasi boʻyicha tegishli yigʻmajildlarga joylashtirib borish;
  • ·      Murabbiylar kengashi hamda murabbiylarga uslubiy yordam berish;
  • ·      Kafedralarda ma’naviyat xonalarini tashkil etish va jihozlashda uslubiy yordam koʻrsatish;
  • ·      Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’ullarning bilimlarini oshirish va tadbirlar rejalarini tuzishda uslubiy yordam berish;
  • ·      Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
  • Boʻlim arxivi va kartotekasini yuritish.
  • Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
  • Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.

Bilishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasining ta’limga va ma’naviy-ma’rifiy yunalishga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Hay’at Qarorlari, buyruqlari va filial rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, filial strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega boʻlishi;
  • Oliy ma’lumotga ega boʻlishi;
  • Soha bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va ma’lumotlardan xabardor boʻlishi zarur.

Klassifikator boʻyicha: 

Lavozimlar

nomi

MMSK

boʻyicha

kod

Xodimlar

toifasi

Ma’lumotining

eng past

darajasi

OʻMKTMTYKM

va OTYMK boʻyicha kodi

1718.

Boʻlim boshligʻi

2341

M

Oliy ma’lumot

Bilimlarning

qoʻllanish

sohasiga koʻra



SHAXLO MIRZABOYEVA
 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

LAVOZIM VAZIFALARI:


 
·Bo‘lim boshlig‘i bilan birgalikda bo‘lim zimmasiga yuklatilgan barcha asosiy
vazifalarni amalga oshirishga mas’ul;
 · bo‘lim boshlig‘i ko‘rsatmasi asosida ta’lim muassasasi bilan aloqa o‘rnatib, ular ishini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat va monitoring qilishda hamkorlik ko‘rsatadi;
 ·bo‘limning oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarini tayyorlaydi, guruhga topshirilgan dasturlar monitoringini o‘tkazadi.
 ·Filial rahbariyati tomonidan chiqarilgan buyruq va topshiriqlar ijrosini muntazam ravishda o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
 · bo‘lim boshlig‘i bilan birgalikda bo‘lim zimmasiga yuklatilgan barcha asosiy vazifalarni amalga oshirishga mas’ullik qiladi;
 · bo‘lim boshlig‘i topshirig‘iga binoan zarur hujjatlarni tayyorlaydi (yozadi, tahrir qiladi, muhokamasini uyushtiradi);
 ·Filial hamda bo‘lim boshlig‘i buyruqlari va mehnat intizomiga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat olib boradi.
      Bilishi kerak:
 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, tarbiya jarayonini belgilangan normativ hujjatlarni bilishi.
      Malaka talablari:
 
·Oliy ta’lim tizimida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
 ·Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
 ·Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi va samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
       Klassifikator bo‘yicha:
 
Lavozimlar
 nomi
MMSK
bo‘yicha
 kod
Xodimlar
 toifasi
Ma’lumotining
eng past
 darajasi
O‘MKTMTYKM
va OTYMK
 bo‘yicha kodi
1718
Uslubchi
2341
X
Oliy ma’lumot
Bilimlarning
qo‘llanish
 sohasiga ko‘ra

Videolavhalar