uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

PSIXOLOG

MATKARIMOVA DILAFRUZ QURBANBAYEVNA
 PSIXOLOG
  1. OLIY TA’LIM MUASSASASI PSIXOLOGINING LAVOZIM VAZIFALARI

Psixolog faoliyatining tadqiqot va ta'sir oʻtkazish ob'ekti institut talabalari, oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari, ota-onalari hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.

Psixolog oʻz faoliyatini Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktori, fakultetlar, tibbiyot xodimlari, muayyan komissiyalar, ota-onalar hamda institut jamoasi bilan uzviy aloqada amalga oshiradi.

Psixolog lavozimi boʻyicha umumiy rahbarlikni institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor o‘rinbosari olib boradi.

 Psixologning faoliyati yoʻnalishlari:  

- psihoprofilaktik ishlar;        

- psixologik maorif va ma'rifat;

- psihodiagnostika;

- psihik rivojlantirish va psihokorrektsiya;

- psixologik konsultasiya;

  Psixoprofilaktika - psixolog  faoliyatining maxsus turi boʻlib, talaba va professor-oʻqituvchilar uchun sogʻlom psixologik muit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi  uchun optimal shart-sharoitlarni ta'minlash hisoblanadi.

 Psixologik  profilaktika ishning asosiy vazifalari quyidagilar:

- shaxs sifatida shakllanish, aqlan barkamollikni ta'minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;

- shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti boʻsagasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni oʻz vaqtida oldini olish;

- talabani muayyan sharoitga moslashishi (koʻngil) ga oid ishlarini olib borish, buning uchun ijtimoiy moslashish  bilan bog’liq boʻlgan maxsus guruxlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlash va ularning ota-onalari, gurux rahbari bilan alohida ishlash va hakozo);

- talabalarni birinchi bosqichga qabul qilish jarayonida qatnashish, ularning oliy ta'lim-tizimiga psixologik tayyorgarlik darajasini  aniqlash, professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda talabalar bilan individual ishlash dasturini ishlab chiqish;

  Psixik rivojlantirish va psihokorreksiya ishlar - yoʻnalishi psixologdan talaba, professor-oʻqituvchilar shaxsi va intellektini  tarkib toptirish jarayoniga faol ta'sir oʻtkazishni  taqozo qiladi.

 Ushbu yoʻnalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:

- rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har hil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:

a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashsuloti ayrim talabalar bilan alohida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan mashgulotlar rejalashtiriladi.

b) talabalarning har-bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, talabalar guruxlariga tarbiyaviy ta'sir oʻtkazishga yoʻnaltirilgan boʻladi;

v) ota-onalar pedagogik jamoalarga institut hodimlari ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi.

  Institut psixologi faoliyatini amalga oshirish metodlari quyidagicha boʻlishi mumkin:

- psixologik madaniyatni oʻstirish va tartib qilish maqsadida universitet professor-oʻqituvchilari, talabalar bilan ma'ruzalar turkumi va trening mashgulotlari oʻtkazish,ularni tarqatish;

- psixologik maslahat berish;

  Institut psixologining vazifalari:

 institut dagi ahloqiy-psixologik iqlimni, uning talaba shaxsiga ta'sirini oʻrganish;

 talabalarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy-psixologik diagnostika oʻtkazish;

 ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni aniqlash (barcha talabalar);

 kattalar tomonidan tazyiq oʻtkazilayotgan talabalar muhofazasi va ular bilan individual ishlarni olib borish (talabalar bilan individual suhbat);

 notinch oilalar farzandalarini erta aniqlash;

 talabalardagi hulqi oqishishlarni erta aniqlash va ularning oldini olish;

 turli holatlar boʻyicha hisobda turadigan talabalar bilan psixoprofilaktik va korreksion  ishlarni olib borish;

 Psixologning majburiyatlari:

 Tashkilot ichki tartib-qoidalari va axloq-odob qoidalari, Nizomi va psixolog kodeksiga koʻra ish yuritish;

 oliy ta'lim muassasalari psixologlari faoliyati boʻyicha metodik seminarlarda ishtirok etish;

 Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va qayta tayyorlash sohalaridagi qarorlarini amalga oshirish.

  Psixolog faoliyatiga doir hujjatlar:

 direktor tomonidan tasdiqlangan yillik ish reja;

 psixologning konsultasiyalarni roʻyhatga olish jurnali;

 talabalar bilan individual ishlarni hisobga olish jurnali;

 institut talabalar guruhlarining ijtimoiy-psixologik pasportlari;

 talabalarning individual-psixologik taraqqiyoti xaritasi;

 noxush oilalar, xavf-xatar darajasi yuqori boʻlgan talabalarning ma'lumotlar bankini yaratish;

 Ota-onalar, pedagog xodimlar bilan ish yuritishga doir materiallar.

  Oliy ta'lim muassasasi psixologining huquqlari:

 oliy ta'lim muassasi Kengashi yig’ilishlarida ishtirok etish;

 talabalar faoliyatini kuzatish maqsadida darslar va darsdan tashqaridagi ishlarda ishtirok etish;

 kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻz kasbiy malakasini oshirish;

 mehnatni tashkil etishning qulay shart-sharoitlariga ega boʻlish;

 ta'lim muassasasi rahbariyatidan maslahatlar olish;

 xavf-hatarga moyil talabalar bilan ishlashda yagona yondashuvlarga doir uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish;

 kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etish uchun yuqori tashkilotlardan,  zarur shart-sharoitlar yaratishini talab  qiladi;

 ota-onalarga zaruriyat tugʻilganda oilaviy turmush psixologiyasiga oid konsultativ hizmat usullarini tavsiya qiladi;

Oliy ta'lim muassasasi psixologiga qoʻyiladigan malaka talablari:

 oliy toifadagi psixolog: ixtisosligi boʻyicha magistrlik diplomiga ega mutaxassis, psixolog sifatida kamida 1 yil ish staji boʻlishi lozim;

 1-toifadagi psixolog: ixtisosligi boʻyicha magistrlik diplomiga ega mutahassis, 2-toifadagi psixolog sifatida kamida 1 yil ixtisosligi  boʻyicha  magistr  ish  stajiga  talab  qoʻyilmaydi) ish staji boʻlishi lozim;

 2-toifadagi psixolog: psixologiya yoʻnalishi boʻyicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis, psixolog sifatida kamida 2 yil ish stajiga ega boʻlishi lozim.

Lavozimlar

nomi

MMSK

boʻyicha

kod

Xodimlar

toifasi

Ma’lumotining

eng past

darajasi

OʻMKTMTYKM

va OTYMK boʻyicha kodi

4173.

Psixolog

2634

M

Oliy ma’lumot

Bilimini qoʻllash sohasi boʻyicha

Videolavhalar