uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi




O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i. 

TALIM SIFATINI NAZORAT QILISH BOʻLIMI BOSHLIGʻI LAVOZIM VAZIFALARI:

 

  • Boʻlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonqaror va farmoyishlariOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda talimga oid boshqa amaldagi meyoriy-huquqiy hujjatlarInspeksiya boshligʻi va OTM direktori boʻyruq va koʻrsatmalari asosida tashkil etish;
  • Boʻlimning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv- uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini oʻrganish;
  • OTM talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini oʻrganib borish, tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • OTMni ichki attestasiyadan oʻtkazishni tashkil etish, natijalari boʻyicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM direktoriga hamda Inspeksiyaga taqdim etish;
  • Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini belgilovchi koʻrsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, boʻlim, markaz, akdemik lisey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni oʻtkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • OTM professor-oʻqituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan oʻtganligini yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʻrganish va xulosalarni institut direktoriga ma’lum qilish;
  • Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
  • OTMda talabalar amaliyotining ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Inspeksiyaning topshirigʻiga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni toʻplashda, oʻtkaziladigan attestasiya va ta’lim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
  • Attestasiya, ta’lim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlarda OTMda aniqdangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
  • Boʻlim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamgʻarmasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli oʻquv va ilmiy markazlari tajribasini oʻrganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
  • OTM reytingini xalqaro darajaga koʻtarishga qaratilgan chora- tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • OTM tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlar va treninglar oʻtkazish;
  • Oʻquv jarayoni bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion gʻoyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbigʻi masalalari monitoringini yuritish;
  • OTM Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda boʻlim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʻrganish va monitoring natijalari toʻgʻrisida ma’lumotlar berib borish;
  • Boʻlim xodimlarining lavozim vazifalari boʻyicha topshiriqdarni bajarish natijalariga koʻra ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy chora koʻrish haqida Inspeksiyaga va OTM rahbariyatga oʻrnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida boʻlimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Malaka talablari:

  • Oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega boʻlishi;
  • Ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy- huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qoʻllay olishi;
  • Ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor boʻlishi;
  • OTMning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;
  • Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qoʻllash va axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor boʻlishi;
  • Oʻquv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishdagi ishlarning mazmun - mohiyatini toʻliq tushunishi, yangi avlod oʻquv adabiyotlarini tayyorlash va ularga OUMTVning grifini olish tartibini bilishi;
  • OTM professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;
  • Oʻzbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

• Ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

Klassifikator boʻyicha:

Lavozim

nomi

MMSK boʻyicha kod

Xodimlar toifasi

Ma’lumotining eng past

darajasi

OʻMKTMTYKM va OTYMK boʻyicha kodi

1925

Boʻlim boshligʻi

1239

B

Oliy ma’lumot

Bilimlarning qoʻllanish sohasiga koʻra

 



O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bog'lanish ma'lumotlari

O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy

+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz

Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Talabalar uchun resurslar

Ommabop xabarlar

Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
“Toza qo‘llar” dasturi doirasida sanitariya-gigiyena sharoitlari o‘rganildi.
“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
“5 tashabbus” doirasida sport va sog‘lom turmush targ‘ib qilindi.

Videolavhalar