uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i





Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi



Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
Iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:
 
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, xatlari shuningdek, rektor buyruqlari bajarilishini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, OTM strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Iqtidorli yoshlarning ijodiy faolligi, ilmiy salohiyati va saviyasini o‘sishiga ko‘maklashish;
  • Ishlab chiqarishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash;
  • Iqtidorli yoshlarni tanlash va izlashda, tegishli so‘rovnomalar o‘tkazish asosida ularning qat’iyatlik bilan maqsadga intiluvchanligi, mehnatsevarligi va qobiliyatini aniqlash;
  • Talabalarning qobiliyati, maqsadli guruhlarga ajratib, ma’lumotlar bazasini tashkil etishni ta’minlash va nazorat qilish;
  • Mutaxassislik kafedralardagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;
  • Kafedra to‘garaklarda, professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlarini nazorat qilish;
  • Talabalarga turli to‘garaklar tashkil etish hamda olimpiada va tanlovlarda, respublika hamda xalqaro miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan ishtirok etishlarini ta’minlash;
  • Talabalar ilmiy ishlariga oid ilmiy to‘plamlarni chop etilishini ta’minlash;
  • Iqtidorli talabalar faoliyati haqidagi ma’lumotni kafedra yig‘ilishlari, fakultet ilmiy kengashlari va institut Ilmiy-texnikaviy kengashida muntazam ravishda muhokama qilish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va magistrlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stependiya sovrindorlariini tayyorlash; 
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
  • Iqtidorli talabalar uchun turli ko‘rgazmalar, konferensiyalar va Star-up loyihalar tanlovini tashkil etish.
 

Videolavhalar