O‘ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI URGANCH FILIALI MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 20l5-yil 23-iyundagi PQ-2360-son hamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarorlari asosida ishlab chiqildi.
2. O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filialining Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi (keying o‘rinlarda–Bo‘lim) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining buyruqlari asosida faoliyat yuritadi.
2-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari
3. Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Kengashlarida muhokamaga qo‘yish uchun kiritish, bu borada ‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.
4. O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.
5. Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portfeli” ni shakllantirish.
6. O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlari qondirilishiga oily ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘naltirish.
7. Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori konyukturasining o‘zgarishini tahlil qilib boorish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
8. O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali marketing xizmati jarayonlarining tez o‘zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste’molchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oily ma’lumotli yosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish.
9. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oily ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
10. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqa o‘rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganib borish.
11. O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
12.Yosh mutaxassislardan kadrlar iste’molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko‘maklashish.
13. Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali kengashida muhokama qilish.
14. Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste’molchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini ta’minlash.
15. Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashish.
16. Belgilangan muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filialining joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etib borish.
17. Mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, qabul parametrlariga takliflarni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filialining ma’lumotlar bazasini tashkiletishga doir hujjatlarni o‘z vaqtida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Madaniyat vazirligiga taqdim etib borish.
18. Bitiruvchilarni iste’molchilar va mutaxassislik fakultetining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini e’tiborga olgan holda taqsimlash.
19. Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda shartnomalar imzolash.
20. Talabalar amaliyotini ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini ta’minlash.
21. Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o‘rganish, o‘rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib filiali rahbariyatiga taqdim etib borish.
22. Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
23. Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
24. Ta’lim xizmatlari eksportini tashkil etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3-bob.Bo‘limning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi
25. Bo‘lim xodimlarining soni oliyta’limmuassasalarining namunaviy shtatlari asosida belgilanib, rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlarining shtat jadvali belgilangan tartibda direktor tomonidan tasdiqlanadi.
26. Bo‘lim xodimlarining ish haqi (razryad)lari oily ta’lim muassasasi uchun belgilangan lavozimlar miqdorida tasdiqlanadi va bo‘limning ish natijalariga ko‘ra, director tomonidan belgilangan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustama belgilanishi mumkin.
4-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish
27. Bo‘lim to‘g‘ridan-to‘g‘ri filial direktoriga bo‘ysunadi.
28. Bo‘lim o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Kengashida har yili kamida bir marta hisobot beradi.
29. Bo‘lim tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Madaniyat vazirligiga taqdim etadi.
30. Bo‘lim faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Madaniyat vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.
5-bob. Bo‘limning huquq va majburiyatlari.
Bo‘lim bosh mutaxassislari quyidagi huquqlarga ega:
31. Filialning barcha tarkibiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatlari doirasida zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
32. Filialda o‘tkazilayotgan turli o‘rganishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek, ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
33. Rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra filial tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini shartnomalar va me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ishtiroki zarur bo‘lgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga jalb etish;
34. Marketing va talabalar amaliyoti faoliyatiga oid hujjatlarni ishlab chiqish;
Bo‘lim bosh mutaxassilarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
35. Lavozim Yo‘riqnomasida nazarda tutilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy va moddiy javob berishga;
36. Ichki mehnat tartib va qoidalariniga rioya etilishi hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun javob berishga;
37. Bo‘lim xodimlari ushbu yo‘riqnomadan kelib chiqadigan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
38. Filial moddiy boyliklarini asrashga;
39. O‘z xizmat yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, ichki mehnat intizomiga rioya etish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarishga;
40. Maxfiy hisoblangan maxsus grifli hujjatlarni hamda filial faoliyatiga dahldor bo‘lgan boshqa hujjatlarni sir saqlash majburiyatini olishga, bunday hujjatlarni oshkor qilmaslikka majburdirlar.
6-bob. Bo‘lim bosh mutaxassisining malaka talablari.
41. Rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra tegishli tadbirlarda talabalar amaliyotlari bilan bog‘liq shartnomalar loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirilishida bo‘lim boshlig‘iga ko‘maklashish;
42. Bitiruvchi kurs talablari to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni shakllantirish va ishga joylashganlik to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar monitoringini olib borish;
43. Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlikning maxsus komissiyasi hamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga taqdim etish, ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Madaniyat vazirligiga axborotlar taqdim etish;
44. Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida filialning respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash;
45. Davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan filialni bitirgandan so‘ng davlat korxonalarida uch yil majburiy ishlab berish to‘g‘risida shartnomalar rasmiylashtirish;
46. Rrahbariyat tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarning ijrosini ta’minlash;
47. Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maqsadida tashkilotlar va xususiy xo‘jaliklar bilan aloqalar o‘rnatish hamda shartnomalar tuzish.
7-bob. Yakunlovchi qoida
48. Bo‘lim faoliyatini tugatish yoki qayta tashkil etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bog'lanish ma'lumotlari
O'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati
Urganch sh., Al-Beruniy ko'chasi 2a-uy
+998 (93) 411-94-12
info@uzdxauf.uz
Dushanba – Juma / 9:00 – 18:00