uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Lazgi bo'limi

Ibragimova Damexan Аvezovna
Lazgi boʼlimi katta Ilmiy Xodim
Katta ilmiy xodim Lavozim vazifalari:
 - Bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash; - An’anaviy “Lazgi” ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish; - raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida o‘rganish; - “Lazgi”ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozisiya yaratishda ishtirok etish; “Lazgi”  raqsining mohir va ustoz ijrochilarining hayoti va  ijodiy faoliyatini  chuqur o‘ganish; - Tarixiy an’analarni qayta tiklashda va rivojlantirishda samarali ijro mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;  - “Lazgi” raqs san’atiga qiziqishi, moyilligi va intilishi bo‘lgan iste’dodli va fidoyi yoshlarni izlab topish; - Xorazm “Lazgi” raqs san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirgan san’at sohasidagi vakillarni, ilm-fan va madaniyat namoyandalarining boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish; - “Lazgi” raqsiga oid liboslar namunalarini yig‘ish; - O‘zbek xalq milliy madaniy merosi sifatida Xorazm folklor raqslari, xalq raqs ijrochilari uslubini o‘rganish va targ‘ib qilish, uni asrash hamda rivojlantirish ishlariga hissa qo‘shish; - Xorazm raqs san’ati, “Lazgi” raqsining tarixi va turlar haqida ilmiy-tadqiqotlar olib borish; - Nomoddiy madaniy merosimiz bo‘lgan “Lazgi” raqs san’ati  to‘g‘risidagi ma’lumotlarni arxivlashtirish bo‘yicha ilmiy maqolalar nashr qilish; - O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida turli konsert-gastrollari faoliyatini amalga oshirishda qatnashish; - “Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasini yaratish; - Filialda tahsil olayotgan talabalar bilan “Lazgi” raqs san’atiga oid davra suhbati o‘tkazish; - “Lazgi” bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etish va faoliyatini yuritishda o‘z fikr-mulohazalarini berishdan iborat. Bilishi kerak:   O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Madaniyat va turizm vazirligi buyruqlarini, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida ilmiy jarayoni belgilangan normativ hujjatlarini, ish yuritishga oid boshqa me’yoriy hujjatlarni.                 Malaka talablari: - magistr darajasidagi oliy ma’lumotga (xoreografiya, madaniyat sohasi, san’atshunoslik, musiqa ta’limi sohalarida mutaxassislikka) ega bo‘lishi.  - Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishda faollik,  ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi; - Mircosoft Office dasturi (Word, Excel, PowerPoint va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi; - Davlat tashkilotlari yoki san’at va madaniyat sohalarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. 
Lazgi BoʼLimi Kichik Ilmiy Xodim
Babaev Nurmat Kurbanovich
Lavozim vazifalari: 
Kichik ilmiy xodim - Bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash; - An’anaviy “Lazgi” ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida o‘rganish; - “Lazgi”ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozisiya yaratishda ishtirok etish; - Tarixiy an’analarni qayta tiklashda va rivojlantirishda samarali ijro mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;  - “Lazgi” raqs san’atiga qiziqishi, moyilligi va intilishi bo‘lgan iste’dodli va fidoyi yoshlarni izlab topish; - “Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasini yaratish; - Milliy musiqa va raqs san’atiga oid izlanishlar olib borish; - Xalq og‘zaki ijodi hisoblanmish “Lazgi” raqs san’atining turlarini  chuqur tajriba va bilimga ega bo’lgan baxshilardan yozib olish, “lazgi”ga oid manbalar izlab topib nashrga tayyorlash; - Xorazm “Lazgi” raqs san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirgan san’at sohasidagi vakillarni, ilm-fan va madaniyat namoyandalarining boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish; - “Lazgi” raqsiga oid liboslar namunalarini yig‘ish; - O‘zbek xalq milliy madaniy merosi sifatida Xorazm folklor raqslari, xalq raqs ijrochilari uslubini o‘rganish va targ‘ib qilish, uni asrash hamda rivojlantirish ishlariga hissa qo‘shish; - Filialda tahsil olayotgan talabalar bilan “Lazgi” raqs san’atiga oid davra suhbati o‘tkazish; -“Lazgi” raqs san’ati bo‘yicha videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga  joylashtirish; - Bo‘limning ijtimoiy tarmoqlardagi (telegram, facebook, Youtube, Instagram) kanalarini yuritish va bo‘limning faoliyati, bo‘limda amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy  izlanishlar keng yoritib borish;    - O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida turli konsert-gastrollari faoliyatini amalga oshirishda qatnashish; - “Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasini yaratish; Bilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Madaniyat va turizm vazirligi buyruqlarini, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida ilmiy jarayoni belgilangan normativ hujjatlarini, ish yuritishga oid boshqa me’yoriy hujjatlarni.                 Malaka talablari: - bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga (xoreografiya, madaniyat sohasi, san’atshunoslik, musiqa ta’limi sohalarida mutaxassislikka) ega bo‘lishi.  - Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishda faollik,  ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi; -Mircosoft Office dasturi (Word, Excel, PowerPoint va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi; - Davlat tashkilotlari yoki san’at va madaniyat sohalarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim
Matyakubova Dildora Аbdisharibovna
Ovoz operatori
Lavozim vazifalari: -Bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash; -“Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasini yaratish; - Milliy musiqa va raqs san’atiga oid izlanishlar olib borish; - Soha doirasida audio, lazer disklar, kompakt disklar, videokliplar tayyorlash va ko‘paytirish; -“Lazgi” raqs san’ati bo‘yicha videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga  joylashtirish; - “Lazgi” bo‘limi faoliyatini yoritib borish va targ‘ib qilish borasida OAV orqali chiqishlar qilish; - O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida turli konsert-gastrollari faoliyatini amalga oshirishda qatnashish; - “Lazgi” rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustoz san’atkor va raqqosalar tomonidan yaratilgan asarlarning nota to‘plamlari va annotasiyali nota albomlarni tayyorlash Bilishi kerak: O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filial ichki tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish. Malaka talablari: - Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi; - bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga (madaniyat sohasi, san’atshunoslik, musiqa ta’limi sohalarida mutaxassislikka) ega bo‘lishi.  - O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur
Аbdujabbarova Dilfuza Sapaevna
Lazgi boʼlimi liboschisi
Lavozim vazifalari:
-Bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash; - Liboslarini taxlash, tekshirish, nazorat qilish; -Tarixiy an’analarni qayta tiklashda va rivojlantirishda samarali ijro mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;  - “Lazgi” raqsiga oid liboslar namunalarining galereyasini yaratish;  - Tadbirlarga qantashuvchilarni raqs liboslari bilan ta’minlash; - O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida turli konsert-gastrollari faoliyatini amalga oshirishda qatnashish; Bilishi kerak: O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filial ichki tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish. Malaka talablari: Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi; - O‘rta maxsus darajasidagi ma’lumotga (xoreografiya, san’atshunoslik, musiqa ta’limi va dizaynerlik sohalarida mutaxassislikka) ega bo‘lishi.  - O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Videolavhalar