uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Korupsiyaga qarshi kurash va“Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi

NURULLAYEV MUXAMMAD EGAMBERDIYEVICH 
Korupsiyaga qarshi kurash va“Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi 

KORRUPSIYAGA QARSHI ҜURASHISH “KOMPLAYENS NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI BOSH MUTAXASSISINING LAVOZIM VAZIFALARI:
 
- o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
- o‘ziga yuklangan funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomini ta’minlash talablarini bajarilishi;
- rahbariyatga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishi;
- “Komplayens nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;
- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda qonunchilik hujjatlari asosida hal etilishi uchun javob beradi.
 
Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
 
- bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
- “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;
- ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
- fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
- korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga taqdim etadi;
- bo‘lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
- kengash tarkibiga kiritiladi hamda majlislarda ishtirok etadi;
- bo‘lim ishlarini yanada taҝomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi;
- qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.
- pedagog xodimlar, talaba yoshlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni qiynayotgan tizimli muammolarni o‘rganadi, oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tekshirishlar, tahlillar hamda ishlab chiqiladigan takliflarda mutaxassislarni jalb etishda ishtirok etadi;
- korrupsiyaga qarshi o‘quv-uslubiy va metodik jihatdan, jumladan, audio-video roliklar, foto hamda buklet va broshyura kabi materiallarni yaratishni yo‘lga qo‘yadi;
- oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa so‘rovlarni tashkil etadi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.
 
Klassifikator bo’yicha:
 
Lavozimlar
nomi
MMSK
bo’yicha
kod
Xodimlar
toifasi
Ma’lumotining
eng past
darajasi
O’MKTMTYKM
va OTYMK bo’yicha kodi
681Bosh mutaxassis1212BOliy ma’lumotBilimlarning
qo’llanish
sohasiga ko’ra
 
 

Videolavhalar