uz ru en de fr pt es it zh ar nl sv

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori

Ozoda Qurbanbayeva Komiljon qizi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori bosh mutaxassis
Malaka talablari:
- Oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʼlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʼnikmalarga;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlar – intellekt, madaniyat, yetakchiligi, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga;
- Oliy maʼlumotga ega boʼlish;
- Boʼlim yoʼnalishi boʼyicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʼlish.
Lavozim vazifalari:
- Oʼzbekiston Respublikasining taʼlimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlimi hamda Madaniyat vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, yoʼriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakulьtetlar, kafedralar, boʼlimlarda bajarilishini taʼminlash va monitoringini olib borish;
- Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʼgʼrisida”gi Qonunlari, taʼlim masalalari boʼyicha Respublika xukumati qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat qarori, boʼyruq, yoʼriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini Oliy maktabning maʼlum ijrochi xodimlari tomonidan bajarilishi haqidagi monitoring maʼlumotlarini vazirlikning Monitoring boʼlimiga va tegishli boʼlimlariga oʼz vaqtida, sifatli taqdim qilishni taʼminlash;
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
- Oʼquv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar oʼrtasida yoʼnalish boʼyicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
- Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, oʼquv-taʼlim jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi Preziden-tining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy taʼlim sohasiga oid qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlimi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirliklarining meʼyoriy hujjatlari va uslubiy koʼrsatmalarining oʼz vaqtida ijro etilishini taʼminlashni tashkil qilish, nazorat qilish taʼminlash boʼyicha istiqbolli rejalarni ishlab chiqish;
- Oliy maktabda ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
- Kirim qilingan hujjatlarni ijrochilarga oʼz vaqtida yetkazish, ularning ijrosini belgilangan muddatda, sifatli taʼminlashni tashkil qilish;
- Fakulьtetlar, kafedralar, akademik litseylar va boshqa tarkibiy boʼlinmalarning oʼquv, oʼquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hayʼat va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va institut boʼyicha chiqarilgan buyruqlarning va taʼlim sohasidagi meʼyoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;
- taʼlim sohasidagi ilgʼor tajribalarini oʼrganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga qaratilgan tavsiyalar beradi;
- Professor-oʼqituvchilar faoliyatini baholashning reyting usulla-rini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda, boʼlim xodimlari hamda tegishli ishchi gurux bilan birgalikda tadbiq etishni amalga oshiradi. Nazorat va manitoring natijalari boʼyicha maʼlumotni hamda koʼrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi.
- Boʼlim, fakulьtet, kafedralar faoliyatini oʼrganish boʼyicha tegishli ishchi guruhlarga jalb qilinish. Rahbariyat tomonidan topshirilgan barcha ishlarni oʼz vaqtida sifatli bajarish va axborot berish.
- Institut va uning boʼlimlarida (fakulьtetlar, kafedralar, malaka oshirish fakulьtetlari, akademik litseylar va boshqa tarkibiy boʼlinmalar) tomonidan taʼlim standartlari hamda taʼlimga oid meʼyoriy xujjatlarga amal qilinishini oʼrganish va tahlil qilish;
- Talabalar bilimining reyting tizimi asosida xolisona va adolatli baholanishi monitoringini olib borish;
- Institutda taʼlimning holati va rivojlanishi haqida maʼlumotlar bankini tashkil qilish va tartibga solish;

Videolavhalar